227
Mol dunyo yig\’aman deb
Yurmang o\’z o\’zingiz yeb
To\’xtang yo\’lingiz buring
Onani yo\’qlab turing
Dardingizga u sherik
Demanglar hali tirik
Onasi yo\’qni ko\’ring
Onani yo\’qlab turing
Erta kech bo\’lmasidan
Dil dardga to\’lmasidan
Ishni bir chetga suring
Onani yo\’qlab turing
Yaxshi yomon kunda ham
ular biz bilan har dam
Ko\’nglini to\’qlab turing
Onani yo\’qlab turing
Добавить комментарий