213
Nonga emas mehrga zorman,
Ishonganim Hudoga yorman,
Garchi hayot bog`ida borman,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM…
Ko`rdim Majnun kezgan sahroni,
Ko`rdim ishqda kuygan insonni,
Dunyo kezib ko`rdim yomonni,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM…
Peshonmanga ajinlar chizib,
Yillar o`tar yuragim ezib,
Tovonimdan qora qon sizib,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM…
Nola qildim otam ruhiga,
Faryod urdim onam ruhiga,
Odam madad odam ruhiga,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM…
Добавить комментарий