227
Sen va men
Tun oqshom qo’ynida
Anhorlarni bo’yida
Sayr etardik
Sen va men,
Biz sevgi og`ushida,
Yulduzlarning qo`ynida
Sevdim degan edik.
Voy-dod, bu “sevgi”,
Oshiqman oy ruxsoringga,
Bir umr, jonim,
Maftunman shahlo ko`zingga.
Ikkimiz gullarning bo’yidan
Yoqimli hididan
Mast ham bo’lar edik
Ikkimiz ko’plar orzusiga
baxtning og’ushiga
Singib ketardik
Voy-dod, bu “sevgi”,
Oshiqman oy ruxsoringga,
Bir umr, jonim,
Maftunman shahlo ko`zingga.
Добавить комментарий