Nodirbek Xolboyev – Yolg’onchi ona

 

Nodirbek Xolboyev – Yolg’onchi ona — текст песни

 

 

Bemor chog‘larida bo‘lay deb malham
Yonidan ketmasam bir lahza, bir dam
Buguncha yaxshiman, tuzalib qoldim
Deya meni aldar mushtipar Onam

 

Sizga bir umrga bo‘lay parvona
G‘amdan yiroq bo‘ling, darddan begona
Ne xizmat buyuring roziman, faqat
Hammasi yaxshi deb aldamang Ona

 

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam
Yolg‘onchi Onam-a, aldoqchi Onam

 

Ne yegingiz keldi? etay muhayyo
Eng tansiq ne’matni ko‘rayin ravo
Siz axir men uchun aziz dunyoda
Hammadan yaxshisiz, hammadan a’lo

 

Farzandlarin suyib, asragan Onam
Goh suyib, goh kuyib balqagan Onam
Men kabi olifta nodon o‘g‘lini
Eng yaxshi o‘g‘il deb aldagan Onam

 

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam
Yolg‘onchi Onam-a, aldoqchi Onam (2x)

 

Rosti alam qilar, og‘rinar yurak
Armonga aylandi qanchalar tilak
Rostin ayting Ona bolangiz bo‘lib
Sizga ne uzatdim tashvishdan bo‘lak

 

Yosh edim bilmadim izzatingizni
O‘rniga qo‘ymadim xurmatingizni
Endi izin bering aldamay toki
Umrbot qilayin xizmatingizni

 

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam

 

 

1201814cookie-checkNodirbek Xolboyev – Yolg’onchi ona
Просмотры 303

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *



Читать полностью

Наш сайт создан чтобы помочь Вам вспомнить слова Ваших любимых песен, уточнить непонятные тексты песен, узнать их перевод и разучить новые песни. Мы собрали для Вас крупную базу данных, которая содержит более множество текстов и переводов песен различных исполнителей. Сайт регулярно пополняется текстами новых песен. Чтобы найти необходимый текст песни или перевод воспользуйтесь удобным поиском по исполнителям, названиям или тексту песни. Если же Вы не нашли нужный текст песни или перевод напишите нам и мы его добавим.